- Kim ari nishiga qilolmas toqat,

Asalni ko‘radi uzoqdan faqat.

 

- Hech kim ko‘tarilib bo‘lolmas rahbar,

Agar u bo‘lmasa raiyatparvar.

 

- Kishi farosatda qancha nogiron,

Aybini oqlashda shuncha bilag'on.

 

- Daraxt o'rniga gar eksang tikan,

Shunday tikan ekki, gul bersa ekan.

 

- Ayol oqilayu er ishbilarmon,

Demak ,kundan kunga obod xonadon.

 

Xusrav Dehlaviy