Samarqand davlat universiteti matematika fakulteti talabasi Fayzullo Mardiyev Turkiyada o‘tkazilgan shashka bo‘yicha jahon chempionatida faxrli birinchi o‘rinni egallab Kubokni qo‘lga kiritdi.

    Universitet boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Shavkat Mahmatmurodov Fayzullo Mardiyevni samimiy qutlab, universitetimiz nomidan esdalik sovg‘alari topshirdi.

 

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan surat.