Endilikda Facebook kompaniyasi AT-mutaxassislarini tayyorlashda o‘zbekistonlik talabalar uchun ham imkoniyat yaratadi
O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov Facebook kompaniyasi bo‘limi direktori Endi O'Konnell bilan uchrashib, hamkorlik aloqalarini o‘rnatish istiqbollarini muhokama qildi.
Internetda, xususan, Facebook, Instagram va WhatsApp platformalari orqali ekstremizm va radikallashuvning oldini olish bo‘yicha hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.
O'Konnell O‘zbekistonda davlat idoralari ochiqligi va so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika kompaniyasi Shavkat Mirziyoyevdan mamlakatdagi Facebook platformasi va boshqa platformalarning uzluksiz ishlashini ta’minlashga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun minnatdor.
Bundan tashqari, Facebook AT-mutaxassislarini tayyorlashda yordam berishga tayyorligini bildirdi. O‘zbekistondagi har bir qiziquvchi talaba maxsus yaratilgan veb-sahifa orqali amaliyot o‘tash uchun ariza topshirishi mumkin.

