Psixolog maslahati
Fan yuzasidan berilgan topshiriqlarni doimiy ravishda o’qib kelaman. Lekin, javob berishda hayajon sabab esimdan chiqib qoladi. Bu holatni qanday qilib tuzatish mumkin?
Anonim
Javob
Mavzuni o’qiganda yodlash emas, balki tushunib o‘qish kerak. Qo’rquv, ikkilanish, hayajonni yengish lozim. Qilsammikan emas, qila olaman deng. Ikkilanish sizni ruhan sindiradi. O‘zingizni qo‘lga oling. Siz qo‘rqayotgan “dunyo” faqat sizning miyangizda mavjud. Siz reallikni idrok qilishingizni o‘zgartirib, istalgan paytda uni yangilashingiz mumkin. Siz, cheksiz imkoniyatsiz va “Men qila olmayman” dasturiga o‘zingizni boshqarishiga yo‘l qo‘ymasangiz, hamma narsani uddasidan chiqasiz.
Aslida u talabaning diqqatini, xotirasini, xayolini qay darajada ekanligini aniqlash kerak. Suhbatlashib, keyin maslahat bersa bo’ladi. Ko‘pincha bu kabi holatlar bolalikga borib taqaladi. Talaba bilan yuzma-yuz ko’rishib, gaplashish ma’qul. Biz esa bunga tayyormiz.

