2017 yil 19-20 may kunlari professor Mardon Umarovning 90 yilligiga bag‘ishlangan «Geografiya XXIasrda: muammolar, rivojlanish istiqbollari» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyani universitet rektori prof.R.I.Xalmuradov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

  Birinchi yalpi majlisda Samarqand viloyati hokimi H.Q.Oqbo‘tayev nutq so‘zladi. U o‘z nutqida Samarqand geografiya maktabini shakllanishida professor M.Umarovning hissasi beqiyos ekanligini va zamonaviy geografiyaning jamiyatimiz rivojlanishidagi ahamiyatini ta’kidlab o‘tdi. Professor M.Umarovning hamkasb do‘stlari SamDU nuroniylar kengashi raisi professor M.Jo‘raqulov, Nizomiy nomidagi TDPU professori P.Baratovlar domlani hotirlab uning geografiya fanini rivojlanishida olib borgan ilmiy ishlarining hozir ham ahamiyati katta ekanligini qayd etdilar.

  Konferensiya ishida tabiiy va iqtisodiy geografiyaning dolzarb muammolari, O‘zbekiston suv resurslari va ulardan oqilona foydalanish, sug‘orishning yangi texnologiyalarini qo‘llash, kartografiyaning dolzarb muammolari, Ekologik va landshaft kartalarini tuzish, turizmni rivojlantirish istiqbollari hamda geografik axborot tizim (GAT) laridan ta’lim va ilmiy-tadqiqot jarayonida keng foydalanish masalalari muhokama qilindi, ularning yechimi bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

  Konferensiyada yetakchi oliy ta’lim muassasalari professor - o‘qituvchilari, tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari ilmiy hodimlari, tadqiqotchilar, magistrlar o‘zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.