26 aprel kuni filologiya fakultetida Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish Agentligi TIKA bilan hamkorlikda tashkil etilgan kompyuterlashtirilgan lingafon kabinetini ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

  Bosh binoning o'zbek va turk bayroqlari, gullar va rango-rang peshyozuvlar bilan bezatilgan foyesiga yig'ilgan mehmonlar huzurida universitetimiz rektori R.I.Xolmuradov, TIKA Boshqaruvi Raisi o'rinbosari Mehmet Sureyya Er, TIKA Toshkent vakolatxonasi rahbari Sulayman Qiziltuprak, filologiya fakulteti dekani J.Eltazarov so'zga chiqib, ushbu kompyuterlashtirilgan lingafon kabinetini ikki o'lka prezidentlari Sh.M.Mirziyoyev va R.T.Erdug'anning tashabbuslari bilan yangi bosqichga ko'tarilgan O'zbekiston-Turkiya hamkorligining bir mevasi, o'zbek va turk xalqlari do'stligining bir nishonasi sifatida ta'rifladilar.

  So'ngra yig'ilganlar qizil tasmani kesish marosimida ishtirok etdilar hamda jami qiymati 70 ming AQSh dollaridan ziyod 25 maxsus kompyuter, server va ligafon kabinalari, 3D rusumli video-prayektordan iborat lingafon kabinetining ishi bilan tanishdilar.