2017 yil 30 may kuni “Yosh kitobxonlar” Respublika ko‘rik-tanlovining Samarqand viloyat oliy ta’lim muassasalararo saralash bosqichi o‘tkazildi.

  Saralash bosqichida Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat qishloq xo‘jaligi instituti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti, Samarqand iqtisodiyot va sersvis instituti, Samarqand davlat tibbiyot instituti talabalari ishtirok etdi.

  Jamoalarning belgilangan 5 ta yo‘nalish bo‘yicha chiqishlari Hakamlar hay’ati tomonidan Nizomda belgilangan baholash mezonlari asosida baholandi. «Kitob tafakkur xazinasi» yo‘nalishida SamDU filologiya fakulteti 3-kurs talabasi Baxriddinova Sevara, «Eng faol badiiy asarlar targ‘ibotchisi» yo‘nalishida SamDU filologiya fakulteti 2-kurs talabasi Muxamadiyeva Diyora, «Yosh ijodkor talaba» yo’nalishida SamDU filologiya fakulteti 3-kurs talabasi Musulmonova Kamola, «Asarlardan yaralgan sahna asarlari» yo‘nalishida SamDAQIning “Ulug‘bek vorislari” jamoasi, «Asarlardan yaralgan navolar» yo’nalishida SamDU kasbiy ta’lim fakultetining musiqa yo‘nalishi 3-kurs talabasi Abduvahobov Sardorbeklar 1-o‘rinni egalladilar.

  G‘oliblar tanlov tashkilotchilari tomonidan diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.