“Zarafshon vodiysi ekosistemalari, bioxilma-xilligini muhofaza qilish” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman

Samarqand davlat universiteti Geografiya va ekologiya fakulteti Ekologiya kafedrasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qonunchilik palatasi Ekoharakat deputatlari guruhi, O‘zbekiston ekologik harakati Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Samarqand viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda 5-iyun Halqaro atrof muhitni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan «Zarafshon vodiysi ekosistemalari, bioxilma-xilligini muhofaza qilish» mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
Tadbirni o‘tkazishda ko‘zda tutilgan maqsad mamlakatimizda mahalliy, mintaqaviy va global miqyosdagi ekologik muammolarni hal etish, aholining ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof muhitni va aholi salomatligini muhofaza qilishda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish va jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligini kuchaytirish, «Ekologik nazorat to’g’risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishga fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.