2017 yil 5 iyun kuni Samarqand davlat universiteti Matematik modellashtirish va kompleks dasturlash kafedrasi va Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti qoshidagi akademik litseyda hamkorligida “XXI Asr axborot texnologiyalar asri” mavzusida informatika fanidan bellashuv bo’lib o’tdi.

  Tadbirni akademik litsey direktori I.Abdullayev kirish so’zi bilan ochib, u intellektual bellashuv ishtirokchilari va o’quvchilarga tadbirning maqsadi va unga taklif etilgan mehmonlar bilan tanishtirib chiqdi.

  Tadbirda akademik litseyda aniq fanlar yo’nalishida tahsil olayotgan guruhlar o’zaro kompyuter savodxonligini aniqlash maqsadida 4 ta shart bo’yicha kuch sinashdi. 1-o’rinni 102 guruhining “Algoritm” jamoasi egalladi. Jamoalarga ma’muriyat tomonidan faxriy yorliqlar va sovg’alar berildi.

  Tadbirni talabalar juda katta qiziqish bilan tomosha qildilar. Tadbir akademik lisey o’quvchi va o’qituvchilari, mehmonlar, ota-onalar tomonidan yaxshi kutib olindi va ijobiy baho berildi.