“Jahon tamadduni tarixida Markaziy Osiyo Renessansi” mavzuidagi xalqaro ilmiy konferensiyaning ochilish qismida so‘zga chiqqanlar Markaziy Osiyo allomalarining dunyo tamaddunida tutgan o‘rni, ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi haqida so‘z yuritdi.
Konferensiya sho‘ba majlislarida davom etmoqda. Ularda yurtimiz va xorijiy mamlakatlar olimlari IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoning ilmiy-madaniy taraqqiyoti, Amir Temur va temuriylar davridagi renessansning ahamiyati kabi mavzularda fikr almashmoqda.

manba: uza.uz