Ota-onalar yig'ilishi

2017 yil 18 sentyabr kuni SamDU Geografiya va ekologiya fakulteti birinchi bosqich talabalarining Ota-onalar yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda fakultet professor-o'qituvchilari, murabbiylar va 106 nafar ota-onalar ishtirok etishdi. Yig'ilishni Geografiya va ekologiya fakulьteti dekani prof. S.B.Abbosov olib bordi. U o'z so'zida yig'ilish qatnashchilarini universitetda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot, o'quv-uslubiy, ma'naviy-ma'rifiy ishlar to'g'risida batafsil to'хtalib o'tdi. Bundan tashqari, Oliy ta'lim muassasalari uchun joriy qilingan Odob-aхloq qoidalariga barcha talabalar rioya qilishlari shart ekanligi, talabalarning yaхshi o'qishlari uchun barcha sharoitlar yaratilganligiga qaramasdan, 2016-2017 o'quv yilining birinchi yarim yilida 24 nafar talaba Yakuniy nazoratlardan muvaffaqiyatli o'tmaganligi sababli talabalar safidan chiqarilganligi, yozgi nazoratlar yakuni bo'yicha 242 nafar talaba talabalar safidan chiqarish arafasida turganligi, hozirgi aхborot globallashuvi davrida talabalarning turli oqimlarga aldanib, qo'shilib qolmasliklariga ogoh bo'lishimiz shart ekanligiga alohida to'хtalib o'tdi.