“BAYRAMINGIZ MUBORAK, AZIZ USTOZLAR”

2017 yil 30 sentyabr kuni Samarqand davlat universiteti faollar zalida 1 oktyabr - “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan “Bayramingiz muborak, aziz ustozlar” nomli tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet rektori prof. R.I.Xalmuradov so‘zga chiqib, universitet professor-o‘qituvchilarini bayram bilan tabrikladi.
Bayram munosabati bilan samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan 22 nafar professor-o‘qituvchilar universitetning Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi. 200 nafar professor-o‘qituvchilar 300000 so‘mdan moddiy rag‘batlantirildi. Shuningdek, 40 nafar o‘qituvchilar universitet birlashgan kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbirda universitet “Guldasta” ansambli tomonidan bayram konserti namoyish etildi.