Samarqand shahar xotin-qizlar qo‘mitasi, Samarqand davlat universiteti xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti, Pedagogika fakulteti xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikda, Pedagogika fakultetida tahsil olayotgan talaba-qizlar o‘rtasida “Ma’naviy sog‘lom, barkamol qizlarni tarbiyalash - bugungi kun talabi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
  Davra suhbatida «Qizlar odobi bilan go‘zal» mavzusida ma’naviy - ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari X.Rabbanaqulov, «Manaviy sog‘lom, barkamol qizlarni tarbiyalash bugungi kun talabi» mavzusida Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Sadinova Nigora Safarovna, «Qizlar-millat kelajagi» mavzusida SamDU xotin-kizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi dots. To‘xliyeva Sharofat Bektashevna, «Yosh qizlar manaviyatini shakllantirishning psixologik omillari» mavzusida psixologiya kafedrasi mudiri dots. Musharraf Salaxuddinovalar ma’ruza qildilar.
  Davra suhbati yakunida Samarqand viloyat televideniyasida ko‘rsatilgan “Adashgan qizlar” nomli video rolik namoyish qilindi.