2017 yil 17-oktyabr kuni Geografiya va ekologiya fakultetida “21-Oktyabr –Til bayrami” kuniga bag‘ishlangan «Boqiysan, iftixorimsan, ona tilim» mavzuidagi bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
  Tadbirni 102 gurux murabbiyi K.U.Sharafutdinova olib bordi. Unda Filologiya fanlari nomzodi, dots. G. Xoliqulova ishtirok etib, «O‘zbek tili – millatimizning bebaho boyligi» mavzuida ma’ruza qildi. Tadbir davomida fakultetning 101-102 va 302-guruh talabalari tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi. Talabalar ona tilimiz haqidagi she’rlar o‘qidilar, sahna ko‘rinishlarini namoyish etdishdi, til haqida donishmandlarning fikrlarini bayon etishdi. Tadbir talabalarda vatanparvarlik hissini shakllanishida katta rol o‘ynadi.