Samarqand davlat universiteti Biologiya va kimyo fakultetida qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
  Samarqand viloyati hokimi muovini Marhabo G‘afurova, Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand viloyat hududiy bo‘linmasi boshlig‘i Ergasheva Nigora O‘tkurovna, viloyat bosh imom-xatibining xotin-qizlar bo‘yicha maslahatchisi Temirova Nozimaxon Temirovna va SamDU xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi Sharofat Tuxliyeva ishtirok etgan tadbirda «Qarindosh urug‘lar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari» mavzusida ma’ruzalar tinglandi.
  Davra suhbatini o‘tkazishdan maqsad talaba qizlarga qarindosh-urug‘chilik asosida tuzilgan nikohning salbiy oqibatlari to‘g‘risida axborot berish va bunday nikohlarning oldini olishdir. Tadbir yakunida fakultet xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Nigora Raxmatova rahbarligida qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan “Mohir qo‘llar” to‘garagining namoyishi taqdim etildi.