Tarixshunoslik-manbashunoslikning dolzarb muammolari
2017 yil 23 noyabrda tarix fakultetida tarixщunoslik va manbashunoslik kafedrasi tomonidan «Tarixshunoslik-manbashunoslikning dolzarb muammolari» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston tarixshunosligi-manbashunosligining muhim masalalari va uni o‘rganishning nazariy-uslubiy usullari muhokama qilindi. Konferensiyaning yalpi majlisida SamDU rektori, prof.R.I.Xalmuradovning kirish so‘zi eshittirildi hamda O‘zbekiston respublikasining taniqli tarixchi-olimlarining ma’ruzalari muhokama qilindi. Nashr qilingan ilmiy maqolalar to‘plamida 48 ilmiy maqola chop etildi. Ularning mualliflari respublikaning (Toshkent, Buxoro, Guliston, Andijon va Samarqand) yetakchi OTMlarining taniqli tarixchi-olimlari hamda yosh izlanuvchi magistrantlar va talabalar bo‘ldi.

