1-oktabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni

Samarqand davlat universitetida 1-oktabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami tantanali ravishda nishonlandi.
Tadbirni Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov ochib berib, universitetning professor-o‘qituvchilarni mashaqqatli kasb bayrami bilan tabrikladi.
Matematika-fizika va funsional kafedrasi mudiri, akademik, “Do‘stlik” ordeni sohibi Saidahmat Laqayev ham so‘zga chiqib, barcha hamkasblarini muborakbod etdi.
Samarqand davlat universiteti boshlang‘ich Kasaba uyushmasi tomonidan 100 nafar o‘qituvchiga esdalik sovg‘a va 178 nafariga uch yuz million so‘m pul mablag‘ari ajratildi. Tadbir so‘ngida Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari uchun bayram konserti bo‘lib o‘tdi.
Mohinur Abduvohidova, Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori, inson resurslarini boshqarish fakulteti magistri:
- Qadrli va sabrli ustozlarim sizlarni 1-oktabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman. Biz uchun ibrat namunasi, insoniy fazilatlar timsoli bo‘lgan sizlar kabi aziz va mo‘tabar insonlarga eng go‘zal, ezgu tilaklarimizni izhor etamiz. Alisher Navoiy aytganlaridek dunyoning bor boylik va xazinasi ham ustozlar mehnati haqqini ado etolmaydi. Islohotchini ham siyosatchini ham olim va iqtisodchini ham ustoz o‘qitadi, oddiy muallim tarbiyalaydi. Bugun shu yerda ustozlarim bilan bir safda turish men uchun katta baxt. Muallim, ustoz shunday mo‘tabar zotki, uning nomi ham, umri ham hamisha boqiydir. Men uchun chindan ham qadrli bo‘lgan ustozlarim, sizga og‘ir va mashaqqatli, shu bilan birga g‘oyat sharafli kasb bayramingiz muborak bòlsin. Sizlarning barchangizga doimo samimiy tazimdaman.
Behruz SHAMSIDDINOV
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi
Shavkat AKRAMOV olgan surat