Universitetda hamkorlik uchrashuvi

2018-yil 15-oktyabr kuni universitetning Maktabgacha ta’lim fakuteti faollar zalida Rossiya fediratsiyasining Penza viloyatidan kelgan xalq ijodiyoti yo‘nalishidagi ijodiy ekspeditsiya a’zolari bilan fakultet prof.-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda Rossiya fediratsiyasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Ilina Olga Mixailovna o‘z ijodidan namunalar kuylab, yig‘ilganlarning olqishiga sazovor bo‘ldi. Shuningdek Musiqa ta’limi yo‘nalishi talabasi Qahramon Abdullayevning chiqishi mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Uchrashuv yakunida tomonlar bir-birlariga esdalik sovg‘alar taqdim etishdi.



Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

