Samarqand-sharq durdonasi

18-oktyabr Samarqand shahar kuni munosabati bilan Iqtisodiyot va biznes fakultetida “Samarqand-sharq durdonasi” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda fakultet ma’muriyati, kafedra mudirlari, dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbir jarayonida talabalar, Samarqand shahri to‘g‘risida videolavhalar, she’r va qo‘shiqlar namoyish etdilar. Shu jumladan universitetning quvnoqlar va zukkolar “Ilxom” jamoasi o‘z sahna ko‘rinishlari bilan tadbir ishtirokchilariga kulgu va quvonch ulashdilar.
Talabalar tomonidan uyushtirilgan konsert dasturlari va ko‘ngilochar tadbirlar bayram qatnashchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.