Samarqand shahar yong’in xavfsizlik boshqarmasi va universitet «Hayot faoliyati xavfsizligi» kafedrasi mutaxassislari tomonidan Kimyo yo’nalishi talabalariga «Yong’in havfsizligi va gazlardan zaharlanishning oqibatlari» tadbiri ko’rgazmali ravishda, ya’ni video va slayd - taqdimot shaklida o’tkazildi.
  Unda mutaxassislar tomonidan talabalarga yong’in chiqish sabablari, uning oldini olish, bartaraf qilish yo’llari to’g’risida ma’lumotlar berildi.
  Yong’in natijasida hosil bo’lgan zaharli gazlarning inson organizmiga salbiy ta’siri, unga qarshi kurashish va birinchi yordam ko’rsatish chora - tadbirlari to’g’risida ham ma’lumotlar berildi.