Samarqand davlat universitetida Erasmus+ 2018 yil uchun loyihalari bo‘yicha axborot kuni taqdimoti o‘tkazildi.
  Taqdimotda universitetning bir guruh faol professor-o‘qituvchilari va talabalar qatnashdilar.
  Unda “Erasmus+ kredit mobilligi loyihalarida ishtirok etish tajribasi, yangi ishtirokchilarga maslahatlar”, “Jan Mone loyihalari”, “KA2 - Capacity Building in the field of youth” mavzulari taqdimot qilindi.
  Taqdimot davomida qatnashchilar Erasmus+ loyihalarida qatnashishda o‘z g‘oyalari yuzasidan fikr almashdilar, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
  Ushbu taqdimotlarni fakultetlarda takroriy ravishda o‘tkazish rejalashtirilgan.
  Batafsil ma’lumotlar uchun SamDU Xalqaro bo’limiga yoki www.erasmusplus.uz saytiga murojaat etish mumkin.