Huquqbuzarliklarning oldini olish – dolzarb vazifa

Samarqand Davlat universitetida Ijtimoiy-iqtisodiyot va Tarix fakultetlari talabalari uchun “Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati bo’lib o‘tdi.
Tadbirda Samarqand viloyat IIB, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston musulmonlar idorasi viloyat bo‘limi vakillari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda talabalarga avvalo huquqbuzarlik va jinoyat tushunchalarining farqi tushuntirib berildi, bunday noxush hollarning oldini olish uchun yoshlar avvalo o‘z huquqlarini yaxshi bilishi, qolaversa, majburiyatlari haqida ham yetarli bilimga ega bo‘lishlari zarurligi ta’kidlandi.
Tadbir so’ngida markaz vakillari talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdilar.