“Farzand kamoli – ota-ona iqboli”

Samarqand davlat universiteti Rus filologiyasi fakultetida “Farzand kamoli – ota-ona iqboli” mavzusidagi davra suhbati bo’lib o’tdi.
Tadbirda “Sog’lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg’armasi, Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti, Samarqand shahar Nikoh uyi vakillari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar.
Davra suhbatida mutaxassislarning onalik va bolalikni muhofaza qilish, erta hamda qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning oldini olish, ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning jinoiy tavsifi, kiyinish madaniyati va odobi kabi mavzulardagi ma’ruzalari tinglandi.
Tadbir so’ngida adashib yoki yengil pul topish ilinjida mentalitetimizga xos bo‘lmagan axloqsizliklar qilib, oilasi sha’ni, o‘z or-nomusini toptayotganlar haqidagi “Adashgan qizlar” videoroligi namoyish etildi.