Biologiya va kimyo fakulteti binosida Yaponiyalik taniqli olim, jamoat arbobi Daysuke Ikedo ijod namunalari fotoko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
  Unda muallifning ko‘p yillik ilmiy pedagogik va dunyo bo‘ylab sayohati davomida tasvirga tushirilgan ijod namunalari, inson va tabiat o‘rtasidagi garmonik bog‘liqlik, tinchliksevarlik va insonparvarlik xislatlarini uyg‘unlashtirgan lavhalar aks ettirilgan. Fotoko‘rgazmada faylasufning 60 dan ziyod asarlari namoyish etilmoqda.
  Ko‘rgazma ochilishi marosimida biologiya va kimyo fakulteti dekani X.Keldiyorov, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i M. Nosirov, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshg‘lig‘i K.Davronov, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.
  Fotoko‘rgazma 2018 yil 19 yanvar kunigacha davom etadi. Barcha professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarni taklif qilib qolamiz.

Ma'naviyat-ma'rifat bo'limi