Akademiklar bilan uchrashuv
Akademiklar bilan uchrashuv
- 22.02.2018
- 11335

2018 yil 22 fevral kuni “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari, Fanlar akademiyasi Ion-Plazma va lazer texnologiyalari instituti laboratoriya mudiri fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik Timurbek Bekmurodovich Usmanov, Toshkent davlat texnika universiteti kafedra mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik Baxadirxanov Muhamed Kabir Saidxonovichlar bilan Samarqand davlat universiteti fiziklari hamda Samarqand davlat universiteti 1-son Akademik litsey o’quvchilari bilan uchrashuv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimizning 2017 yil 29 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni 2016 yilda boshlangan iqtisodiyotni innovasion rivojlantirishda akademik ilmning rolini oshirish, ilmiy tadqiqot va innovasion faoliyatni rivojlantirish, ilg’or ilm-fan yutuqlarini amalda joriy etish, joylarda ilmiy maktablarni mustahkamlash, hududiy va tarmoqli muammolarni hal etishda ularning faol ishtirokini ta’minlash, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish, jahon miqiyosida mahalliy ilm-fanning nufuzini oshirish bo‘yicha ishlarni uzluksiz davom ettirishda kuchli turtki bo‘ldi.
Uchrashuv-seminarda O‘zFA akademigi Timurbek Bekmurodovich Usmanov “O‘zbekistonda lazer fizikasi va nochiziqli optika ilmiy maktabi” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruza so‘ngida “Metallarni lazer yordamida payvandlash va kesish” filmi namoyish etildi.
O‘zFA akademigi Muhamed Kabir Saidxonovich Baxadirxanov “O‘zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish istiqbollari” mavzusida ma’ruza qildi. Tashkil etilgan uchrashuv-seminar yig‘ilganlarda katta taasurot qoldirdi.
Tadbir so‘ngida har ikkala O‘zFA akademiklari bilan SamDU fiziklari hamkorlikda ilmiy ishlarni yanada kuchaytirish borasida kelishib olindi.
Norqulov Asliddin. Fizika fakulteti ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari