Muhammad Rizo Muqaddam universitetimiz mehmoni

Eronning Mashhad shahridagi Firdavsiy va Xayyom universitetlari professori, Xayyom universiteting ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Muhammad Rizo Muqaddam mexanika-matematika fakultetining algebra kafedrasi taklifiga binoan 15-27 mart kunlari universitetimiz mehmoni bo‘ldi.
Muhammad Rizo Muqaddam algebraning “Guruhlar va xalqalar nazariyasi” sohasida mashhur olimlardan biridir. U kishi mexanika-matematika fakulteti professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va magistrantlari uchun qator qiziqarli ma’ruzalar qildi.
Tashrif davomida Firdavsiy va Xayyom universitetlari hamda Samarqand davlat universiteti olimlari va talabalari almashinuvi masalalari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlari imzolandi.
Professor Muhammad Rizo Muqaddam tashrifi xalqaro aloqalarni rivojlantirishda universitetimiz nufuzini baland ko‘tarishga xizmat qiladi.

