Birlashgan Yadro tadqiqotlar Instituti olimlari ishtirokida ilmiy seminar
2018 yil 8 fevral kuni Samarqand Davlat universiteti fizika fakultetida Birlashgan Yadro tadqiqotlar Instituti «Neytron fizikasi» laboratoriyasi (Dubna sh., Rossiya) olimlari ishtirokida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Neytron fizikasi laboratoriyasi direktori professor V.Shevsov o‘zining taqdimotida institutning yaratilish tarixi, laboratoriyalarda yadro fizikasi sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar hamda institutda yo‘lga qo‘yilgan xalqaro aloqalar to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdi.