Favvoralar sayli

2018-yil 1-may kuni Samarqand shahrida “Favvoralar sayli” tadbiri o’tkazildi. Universitet jamoasi tomonidan “Universitet xiyoboni” bayramona jihozlanib, favvoralar oldida sahna tashkil qilindi.

Sayl ishtirokchilariga favvoralarning shahar go’zalligini oshirishi, kislorodni ko’paytirishi, asabni tinchlantirishi, inson salomatligini mustahkamlashdagi beqiyos ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.

Universitet “Gultasta” ansambli tomonidan tashkil qilingan konsert dasturi barchaga bayram kayfiyati ulashdi. Tadbirda chet ellik sayyohlar ham ishtirok etdi.


