Professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, ilmiy tadqiqotchilar va talabalarning an’anaviy ilmiy anjumani yakunlandi

2017 yil 2 may kuni universitet faollar zalida professor-o’qituvchilari va ilmiy xodimlari, magistrantlari hamda talabalarining 2017 yil ilmiy-tadqiqot ishlari yakunlari bo’yicha an’anaviy ilmiy konferensiyasi yakunlari o’tkazildi.
2018 yil 30-31 mart va 2-aprel kunlari o’tkazilgan navbatdagi an’anaviy ilmiy konferensiyada professor-o’qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilarimizning 686 ta ma’ruzalari fan yo’nalishlari kesimida 54 ta sho’bada, magistrantlarimizning 294 ta ma’ruzalari 38 sho’bada, iqtidorli talabalarimizning 890 ta ma’ruzalari esa 17 ta sho’baga bo’lingan holda eshitildi va muhokama qilindi.
2017 yildagi ishlarni natijalari bo’yicha bir nechta nominasiyalarda tanlov e’lon qilingan edi qilingan ilmiy ishlari va fakultetlar tomonidan taqdim qilingan konferensiya yakunlari to’g’risidagi xulosalarga asoslanib, 8 ta nominasiya bo’yicha yilning eng yaxshi ilmiy faoliyat olib borgan nomzodlar aniqlandi. Bundan tashqari, 9 nafar professor-o’qituvchilarni bu sohada faolligi uchun rag’batlantirish tavsiya qilindi. Konferensiyaning sho’ba yig’ilishlarida faol ishtirok etib, eng yaxshi ma’ruza qilgan 14 nafar professor-o’qituvchilar, 13 nafar magistrantlarni va 12 nafar iqtidorli talabalarni ham rag’batlantirildi.




