Fan va ishlab chiqarish o'rtasidagi bog'liqlik

2018-yil 17-may kuni Samarqand davlat universitetining Biologiya fakultetida O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan paxtakor, paxtachilik bo'yicha etakchi olim, qishloq xo'jaligi fanlari nomzodi Saidumar Isayevich Maksudov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
S.Maksudov paxta tayyorlash sohasining bugungi ahvoli haqida ma’ruza qildi. Unda dunyodagi paxta tolasining umumiy hajmini, ishlab chiqarilgan tolaning unumdorligi va sifati tasvirlangan slaydlar namoyish etildi. Bu sohada hamkorlikda kadrlar tayyorlash bo'yicha fikirlar almashinildi.

