Gumanitar ta`limda innovatsiyalar

2018 yil 22 fevral kuni Samarqand Davlat Universitetining Pedagogika fakulteti "Naberejnye Chelny" filiali Qozon Federal universitetining "Ijtimoiy va gumanitar fanlar" kafedrasi bilan hamkorlikda "Gumanitar ta`limda innovatsiyalar" mavzusiga bag'ishlangan yana bir veb-simenar muvaffaqiyatli o'tkazildi.
Veb-seminarda professor D.N.Mustafinaning "Ta'lim tahlili: oliy ta'lim", "Sotsiolingvistik tahlilni avtomatlashtirish", A.G. Isavninaning "Ta'lim jarayonida zamonaviy texnologiyalar va ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish", dotsent S. Xurramovaning "O'quv jarayonining sifatini oshirishda o'qituvchining innovatsion faoliyati", Samarqand davlat universiteti doktoranti N.Xolmurodovaning “Talabalarni modul tizimida o’qitishda universitet o'qituvchilarining malakasini oshirish” ma'ruzalari tinglandi.
Dotsentlar M.I. Salohiddinova, K.X. Xasanova, ass. Sh.B. Axmedova va 1 kurs magistrlari ham faol ishtirok etishdi. Tomonlar dolzarb masalalar bo'yicha muvaffaqiyatli suhbatlashdilar va muhokama qildilar.
Innovatsiyalar bo'yicha o'z nuqtai nazarlarini faol ifoda etgan holda, har ikki tomon ham keyingi veb-seminarlarda ta'lim sohasida o'z tajribalari va yutuqlari bilan o'rtoqlashishni davom ettiradilar.
Pedagogika fakulteti