2018 yil 25 aprel kuni Samarqand davlat universitetining Kasbiy talim fakulteti talabalari va ularning rahbari N.J.Mullajanova Moskva davlat turizm va servis universiteti tomonidan tashkil qilingan tanlovda ishtirok etdi.

  Talabalar o‘zlarining ijod namunalari bo‘lgan badiiy ko‘rgazma, sahna chiqishlari bilan faol qatnashib, milliy taomlar bilan bezatilgan dasturxon tashkil qilishdi.

Kelgusida ushbu universitet bilan magistratura va PhD yo‘nalishlarida talabalar o‘z o‘qishlarini davom ettirishni rejalashtirishdi.

Xalqaro aloqalar bo'limi