2018-yilning 30-mart kuni universitet professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchi, magistrant va talabalarining 2017-yilda olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini muhokama etish, ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish, hozirgi zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar va mutaxassis-olimlarning ilmiy-tadqiqot faoliyati natijasida yaratilgan ilmiy-texnologik ishlanmalarning tegishli sohalarga tatbiqini hamda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasi asosida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini tahlil qilish, qo‘llab-quvvatlash orqali ilm-fanni rivojlantirishda olimlarimiz va yetishib kelayotgan yosh mutaxassislarning rolini oshirish hamda 2018-yilda ilmiy-tadqiqotchilik sohasida bajariladigan vazifalarni belgilab olish maqsadida anjuman o‘z ishini boshladi. Anjumanning yalpi majlisi universitet rektori prof. R.I.Xalmuradov ochib berdi, shundan so‘ng Kadrlar menejmenti kafedrasi mudiri i.f.d.dos.B.Safarov, Gidrometeorologiya kafedrasi dosenti g.f.d.A.Raxmatullayev hamda Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi assistenti M.Buzrukovlar so‘zga chiqishdi.

Anjuman o’z ishini professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilarning 700 ga yaqin ma’ruzalari fan yo’nalishi kesimida 54 ta sho‘balarda, magistrantlarimizning 294 ta ma’ruzalari 38 sho‘balarda, iqtidorli talabalarimizning 1000 dan ortiq ma’ruzalari esa 17 ta sho‘balarga bo‘lingan holda 2 aprelga qadar davom etadi.