Talabalar yoga mashg‘ulotlariga qatnashdilar

Jismoniy madaniyat fakultetida Toshkent shahridagi Lal Bahodir Shastri nomli Hind madaniy markazidan tashrif buyurgan yoga ustasi Satendra Kumar Singx ishtirokida yoga mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
Yuzdan ziyod talabalar ishtirok etgan mashg‘ulotlarda hindistonlik yoga ustasi, avvalambor, yoganing tarixi, uning inson salomatligiga ijobiy ta’siri haqida ma’lumot berdi.
Bir necha soat davom etgan mashg‘ulotlar davomida talabalarning yogani tezda o‘zlashtirib olganliklaridan hindistonlik yoga ustasi mamnun bo‘ldi.










M.Raximov.Jismoniy madaniyat fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari

