Samarqandda test sinovlari qachon va qayerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Viloyatdagi yettita oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar 1-10 avgust kunlari davlat test sinovlaridan o‘tadi.
Davlat test markazi viloyat bo‘limining xabar berishicha, abituriyentlar Samarqand davlat tibbiyot instituti hamda Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga 1, 2 avgust, Samarqand davlat chet tillar institutiga 2, 3 avgust, TATU Samarqand filialiga 3 avgust, Samarqand davlat universitetiga 3, 4, 5, 6, 7 avgust, Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga 7, 8, 9 avgust, Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga 9, 10 avgust, “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga 10 avgust kuni test sinovlari topshiradi.
Test sinovlari Samarqand shahridagi Dahbet va Rudakiy ko‘chalari kesishmalarida joylashgan ta’lim muassasalari – sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi, Samarqand davlat universiteti akademik litseyi va Samarqand pedagogika va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining 5 ta katta sig‘imdagi sport zallarida bo‘lib o‘tadi
Abituriyentlar davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.testday.dtm.uz) orqali test sinoviga qachon va qaysi vaqtda borishi, test topshiradigan bino va uning manzili haqida to‘liq ma’lumot olishi mumkin. Shuningdek, bu haqdagi ma’lumotlar ularga tarqatiladigan DTM ruxsatnomalarida ham yoziladi.
Test sinovlariga kirish uchun DTM ruxsatnomalari 29 iyuldan boshlab tarqatiladi.
Manba:zarnews.uz