Fransuz tili o'qituvchimiz Ruminiyada

SamDU “Roman-german tillari” kafedrasi o’qituvchisi Z. Eshmurodovaning 2018 yilning 22-28 aprel kunlari “Erasmus+” dasturi International credit mobility KA1 loyihasi doirasida Ruminiya Respublikasining Iasi shahridagi Aleksandru Ioan Kuza universitetida xorijiy safari amalga oshmoqda. Safar davomida Z.Eshmurodova bir qator mashgulotlar o’tkazdi, O’zbekiston madaniyati, urf-odatlari va rivojlanish bosqichlari bilan ruminiyalik talabalarni tanishtirdi. Talabalarni milliy urf-odatlarimiz, ayniqsa ko’pkari, uloq o’yinlarimiz juda qiziqtirdi.
24-aprel kuni fransuz tili guruhi 1-bosqich talabalari bilan o’quv mashg’uloti o’tkazdi. Bunda milliy bayramlarimiz, ta’lim tizimimiz va qadriyatlarimiz haqida mashg’ulot o’tdi. Talabalarni bu mashg’ulotda ayniqsa “Sharq taronalari” musiqa festivali juda qiziqtirdi. Taqdim etilgan videoroliklar ma’lumotlarini yanada boyitdi.
Bundan tashqari, “Rus tili va adabiyoti” kafedrasiga ham tashrif buyurib, Universitetda rus tilini qanday usullar yordamida o’qitilishi haqida kafedra dotsenti Lyudmila Bejenaru bilan suhbat qildi.

“Fransuz tilini o’qitish” kafedrasining o’qituvchilari bilan ham uchrashdi. Universitet talabalariga xorijiy tilni o’qitishda ayniqsa hozirgi kunda talab etilayotgan muloqotga o’rgatishda qanday metodlardan foydalanayotgani xususida suhbatlashdi.

Universitet boy kutubxonasida ham bo’ldi, kelgusida ish jarayonida kerak bo’ladigan kitoblardan nusxalar olindi.
Safar davometmoqda…
Халқаро алоқалар бўлими

