2018-yil 28-sentyabr kuni SamDU tarix fakulteti bitiruvchi talabalarining pedagogik amaliyoti doirasida tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi hamda Samarqand shahar 44-o’rta umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda «1-oktyabr – Ustozlar va murabbiylar kuni»ga bag’ishlangan ochiq tarbiyaviy soat o’tkazildi.

  Ushbu tadbirni tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi bo’yicha amaliyotchi-talaba G.Chutboyeva rahbarligida 9-sinf o’quvchilari tayyorladi va taqdim etdi. Tadbir «Sizga ta’zim, sizga ehtirom, Ustozlar!» shiori ostida ko’tarinki va vatanparvarlik ruhida o’tkazilib, mavzuga doir she’rlar va sahna ko’rinishlari, tegishli ko’rgazma jihozlari va axborot-kommunikativ texnologiyalaridan unumli foydalanilgan holda o’tkazildi. Tadbirda kafedra dosenti D.N.Radjabova va katta o’qituvchi T.I.Maxmudov, fakultet talaba amaliyotchilari hamda maktab ma’muriyati va o’qituvchilari qatnashdilar.

D.N.Radjabova