Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakultetida ota-onalar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

2018-yil 17-sentyabr kuni SamDU faollar zalida Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakultetida tahsil olayotgan talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Tadbirni ochgan SamDU ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori A. Eshtayev universitetda talabalarga yaratilgan sharoitlar to’g’risida gapirdi. Fakultet dekani R. Mirzayev va SamDU xotin-qizlar qo’mitasi raisi Sh.Tuxliyevalar talaba yoshlarning tarbiyasi, odobi, muomila va kiyinish madaniyati, bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazishlarida ota-onalarning pand-nasihatlari dasturilamal bo`lishi kerakligi xususida to’xtaldilar.
Tadbir so`ngida “Hujradagi zulmat” nomli qisqa metrajli videofilm namoyish etildi.

J.J.Yaxshilikov, dekan o’rinbosari

