Yoshlar Ittifoqi kubogi

O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi viloyat Kengashining tashabbusi bilan Samarqand viloyatining barcha oliy ta'lim muassasalari o'rtasida ''Biz yoshlar giyohvandlikka qarshi'' shior iostida tashkil etilgan futbol turi bo'yicha ''Ittifoq kubogi'' sport musobaqasi bo'lib o'tdi.
Unda viloyatdagi barcha oliy ta'lim muassasalari talabalari faol qatnashishdi. Musobaqada Samarqand davlat universiteti talabalar jamoas ifaxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi. G'olib jamoalarga O'zbekiston Yoshlar Ittifoqining ''Ittifoq kubogi'' va qimmatbaxo esdalik sovg'alari topshirildi.

