Yoshlar uchun barchamiz mas’ul


2018 yil 12 sentyabr kuni Biologiya fakultetida talabalar ota-onalarining umumiy yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda fakultet professor-o’qituvchilari, talabalarning ota-onalari, guruh rahbarlari ishtirok etdilar.
Uchrashuvda fakultet dekani dos. X. O. Keldiyorov 1-bosqichga o’qishga qabul qilingan talabalarning ota-onalarini tabriklar ekan, qabul sinovlari haqqoniy va odilona o’tganligini hamda buning uchun davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevdan minnatdor bo’lishimiz kerakligini alohida ta’kidladi.
Yig’ilishda ota-onalar o’z farzandlarining dars mashg’ulotlariga qatnashishi, kiyinishi, yurish-turishidan tortib, har xil buzg’unchi kuchlarning ta’siriga tushmasdan qimmatli vaqtlarini bilim olishga sarflashlari uchun doimo mas’ul ekanliklari ta’kidlandi.
Tadbirda ota-onalarning boshqa majburiyatlari haqida ham so’z bordi, turli kimsalarning aldovlariga uchib ekstremistik guruhlarga qo’shilib ketgan va umri ayanchli yakun topgan ayrim yoshlar haqida hikoya qiluvchi “Hujradagi zulmat” hujjatli filmi namoyish etildi.