Bemorni borib ko‘rish, muhtojning ahvolidan xabar olish, yiqilganni suyash, yetimlarga muruvvat, keksalarga hurmat – xalqimizning qon-qoniga singib ketgan o‘lmas qadriyatlarimiz sanaladi.
  Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun munosabati bilan amaliy matematika fakulteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan bir guruh talabalar Samarqand shahridagi 10-son mehribonlik uyida bayram tadbirini o‘tkazdilar.
  Talabalar tomonidan tayyorlangan Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati haqida tushuncha berguvchi sahna ko‘rinishi, qiziqarli muloqotlar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga manzur bo‘ldi. Tadbir so‘ngida bolajonlarga sovg‘alar ulashildi. Ularning yuzu ko‘zlari shu kuni qadriyatlarimiz qatidan tushgan bir tola nurdan yana bir karra yorishdi.

Axborot xizmati