Ijtimoiy fan – istiqbolli soha

Jamiyatning rivojida ijtimoiy fanlarning tutgan o‘rni beqiyos. Jahonning bir qator ilg‘or mamlakatlarida bu yo‘nalishda yirik ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyat ko‘rsatishining o‘zi, uning davlat hayotida naqadar ahamiyatli ekanligini bildiradi. Shu jihatdan olib qaraganda Samarqand davlat universitetining ijtimoiy fanlar fakultetida davlat va jamiyat qurilishi sohasida e’tiborli ilmiy-tadqiqot ishlarining olib borilayotganini alohida ta’kidlash joiz.
Kuni-kecha fakultetda fanlararo Buyuk ipak yo‘li tadqiqot Markazi tomonidan tashkil etilgan ilmiy-amaliy seminar va unda ko‘tarilgan mavzular shular jumlasidan. Anjumanning qizg‘in munozaralar va ishchanlik ruhida o‘tgani esa sohaning istiqboli porloq ekanining ifodasi bo‘ldi.