30-oktyabr kuni Samarqand Davlat uniiversiteti Iqtisodiyot va biznes fakulteti hamda Samarqand Iqtisodiyot va Servis instituti hamkorligida “Menejmentning tizimli muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.
  Seminarda Tojikiston Moliya-iqtisod universiteti professori Shavkat Bozorov, oliy ta’lim muassasalari vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
  Tadbirda Menejment muammolari va yechimlari, uning rivojlanish bosqichlari to‘g‘risida nazariy va amaliy muzokaralar olib borildi. Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.