SamDUda ilmiy-amaliy seminar

“KLASTER – INTEGRASIYA, INNOVATSIYA VA IQTISODIY O’SISH”
25-yanvar kuni SamDUda bo’lib o’tgan seminar ana shu mavzuga bag’ishlandi.
Tadbirda ta’kidlab o’tilganidek, hududiy klasterda ishtirok etish fan va ta’lim muassasalari uchun ham jozibador bo’lishi mumkin, chunki, bu ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni moliyalashtirish hajmini ko’paytirish, sifatini yaxshilashga imkon yaratadi. Davlatimiz rahbari ta’kidlab o’tganidek, bu tizim barcha tumanlarda agrar sohani jadal rivojlantirishning “lokomotivi” bo’lishi kerak. Zero, Vatanimizni dunyoning ilg’or davlatlari qatoridan joy olishining yo’li bu - agrar sohada, ilm-fanda, ta’lim tizimida va boshqa sohalarda klaster tizimilarining joriy etilishi hisoblanadi.
Seminar ishtirokchilari qarshisida so’z olganlar klaster tizimida ta’lim ishlanmalari yaratish, ularni qisqa muddatda sinovdan o’tkazish, ishlab chiqarish va ilmiy izlanishlardagi xodimlar hamda mutaxassislar mehnatlarini ko’proq rag’batlantirish, yangi tovarlarni O’zbekiston brendi bilan ixtiro qilishga keng imkoniyatlar va sharoitlar yaratish xususida o’z fikr mulohazalarini o’rtaga tashlashdi. Chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik, ayniqsa paxtachilik tarmoqlarida klaster usulidan keng foydalanish zarurati va istiqboli xususidagi qimmatli fikr mulohazalar bildirildi. Shuningdek, qishloq xo’jalik texnikalarining klasterdagi ahamiyati borasidagi dolzarb vazifalar xususida atroflicha gapirildi.


SamDU matbuot xizmati

