Samarqand davlat universiteti rus filologiyasi fakultetida “O’zbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik mamlakati” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

  Tadbirda Samarqand shahridagi Xo’ja Nisbatdor masjidi imom-xatibi B.Boboxonov ishtirok etdi. Mamlakatimizdagi tinchlik va osoyishtalik haqida gapirar ekan, B.Boboxonov xalqaro tinchlik va diniy bag’rikenglik, dinlar o’rtasidagi o’zaro hurmat, o’zaro bir-birini tushunish mamlakatimizdagi demokratiyaning asosiy tamoyillaridan biri ekanligini ta’kidladi.

  Tadbirda Suriyadan bir guruh vatandoshlarimizning qaytarilishiga bag’ishlangan “Mehr operasiyasi”hujjatli filmi namoyish etildi.