Brandenburg texnologiya universiteti bilan muloqot

2019-yil 21-yanvar kuni Samarqand Davlat universiteti va Brandenburg texnologiya universiteti o’rtasida skype orqali masofadan muloqot bo’lib o’tdi. Muloqotda Brandernburg texnologiya universitetidan professor Piter Sherak, Dr. Stefan Rodiger, Dr. Shavkat Nizomov va Samarqand davlat universitetidan Xalqaro aloqalar bo’yicha prorektor Nosirov Muxtor Gaffarovich, Amaliy matematika va informatika fakulteti dekani Axatov Akmal Rustamovich hamda fakultetning o’qituvchi, doktorant, magistr talabalari qatnashdi.
Prorektor Muxtor Nosirov Samarqand davlat universitetining bugungi kundagi yutuqlari, imkoniyatlari haqida qisqacha gapirib berdi va ikki universitet o’rtasida hamkorlikni yo’lga qo’yish, tajriba va bilim almashish, magistrlik va doktorlik ishlarini bajarishda talabalar uchun ikki tomonlama diplom olish imkonini beruvchi hamkorlikni yo’lga qo’yishni taklif qildilar. Shu o’rinda professor Piter Sherak ushbu hamkorlikni mustahkamlash, dasturi va yo’l xaritasini tuzib olish va Brandenburg universiteti imkoniyatlari haqida taqdimot qilish uchun Samarqandga taklif qilindi.
O’z navbatida professor Piter Sherak Muxtor Nosirov takliflarini qo’lladi va Brandenburg universiteti imkoniyatlari, ilmiy sohadagi imkoniyatlari, hamkorlik qilish mumkin bo’lgan sohalar haqida so’zlab berdi. Professor Piter Sherak o’zining ilmiy maktabida “Biotexnologiya”, “Bioanalitikada ilmiy izlanish va diagnostika” va “Amaliy statistic bioinformatika” sohalari bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borayotganligi haqida so’zlab berdi va bu sohada hamkorlikni yo’lga qo’yish, magistr va doktorantlarni Brandenburg universitetida ilmiy izlanishlarini olib borishlari uchun mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.