Amaliy matematika va informatika fakultetida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Beshta tashabbusdan “Aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan” uchinchi tashabbus doirasida universitet miqyosida “Mening sohamda kompyuter texnologiyalarining o’rni” deb nomlangan tanlov o’tkazildi.

  Tanlov quyidagi 3 ta shartdan iborat tartibda o’tkazildi:

  1. Test sinovi
  2. Nazariy savol va amaliy topshiriq
  3. “Mening sohamda kompyuter texnologiyalarining o’rni” mavzusida taqdimot tayyorlash

Tanlovda talabalarning ishtiroki Amaliy matematika va informatika fakulteti prfessor-o’qituvchilari tomonidan tuzilgan 3 kishidan iborat hakamlar tomonidan baholanib, tanlovda quyidagi talabalar g’olib deb topildi:

1-o’rin: Qobilov Temurbek - Kimyo fakulteti talabasi

2-o’rin: Ahmatova Zarnigor - Pedagogika fakulteti talabasi

3-o’rin: Olimov Jaxongir - Biologiya fakulteti talabasi.

Tanlov g’oliblariga fakultet jamoasi tomonidan Faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi.