O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’quvchi va talaba yoshlar o’rtasida o’tkaziladigan Respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi 864-son qarori hamda “Universiada” sport musobaqalarining Respublika final bosqichini o’tkazish bo’yicha Tashkiliy qo’mitasi majlisining 2019 yil 4-oktabrdagi 1-son bayoniga muvofiq, Samarqand viloyatida 2019 yilning 21-24 oktabr kunlari gandbol sport turi bo’yicha oily ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida “Universiada-2019” sport musobaqalarining hududiy saralash bosqichi bo’lib o’tdi. Ushbu sport musobaqasida Jismoniy madaniyat fakulteti talabalaridan tashkil topgan Samarqand Davlat universitetining gandbol jamoasi hududiy sport musobaqalarida Samarqand shahriga tashrif buyurgan Qashqadaryo viloyati va Surxondaryo viloyati jamoalari bilan bellashdilar.

Hududiy musobaqalar yakuniga ko’ra;

1-o’rinni- Samarqand viloyati jamoasi

2-o’rinni- Surxondaryo viloyati jamoasi

3-o’rinni- Qashqadaryo viloyati jamoasi egalladi.