SamDU iqtisodiyot va biznes fakulteti talabalariga sertifikatlar berildi

Samarqand Davlat universitetida tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish Respublika Markazining Samarqand xududiy filiali tomonidan haftalik o‘quv kursi mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 28-yanvar-1 fevral kunlari bo‘lib o‘tgan o‘quv mashg‘ulotlarida tinglovchilar tadbirkorlikning qonunchilik asoslari, biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish va ruxsat beruvchi xujjatlarni olish, kommunikatsiyalarga ulanish, xomashyo va resurslardan foydalanish huquqi, Davlat va korporativ xaridlarda tadbirkorlik sub’ektlari ishtiroki mavzularidagi maruzalarni tinglashdi.
Shuningdek, bankda milliy va xorijiy valyuta uchun hisob varaqasi ochish, kredit olish shartlari va tartibi, buxgalteriya hisobi, soliq va moliyaviy hisobot, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish, ob’ektlarni turar joy fondidan noturar joy fondiga o‘tkazish, mehnat qonunchiligi bo‘yicha kadrlarni tanlash va o‘qitish, tadbirkorlik borasidagi tashabbusllarnii qo‘lab–quvatlash hamda xuquqiy va moddiy yordam ko‘rsatishborasida ham Universitet talaba-yoshlari kerakli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Provardida, tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish Respublika Markazining Samarqand xududiy filiali tomonidan tashkil qilingan xaftalik o‘quv kursi davomida faol qatnashgan bitiruvchi talabalarga Sertifikatlar topshirildi.