SamDU Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti tarkibida tashkil etilgan «Fanlararo Buyuk ipak yuli tadqiqot markazi» ning navbatdagi ilmiy amaliy seminari fakultet binosida o‘tkazildi.

  Ilmiy amaliy seminar Xitoy ta’lim tizimiga bag‘ishlandi. Anjumanda birinchi kurs talabalaridan Sh.Mavlonov, Sh.Karimov, S.Ibragimova, E.Berdiyevalar ma’ruza qildilar hamda seminar qatnashchilaridan T.Ganiyev va M.Baxriyevlar Xitoy ta’limi tizimi haqida olgan axborotlar qiziqarli bo‘lganligini ta’kidlab, kelgusida ular ham ma’ruza bilan ishtirok etishni bildirishdilar. Ilmiy amaliy seminar qizg‘in baxs munozara muhitda o‘tdi. Ilmiy amaliy seminar dots.Z.Kuvondikov raisligida olib borildi. Markazning navbatdagi ilmiy amaliy seminari Xitoy davlati madaniyatiga bag‘ishlanadi va u mart oyining turtinchi haftasida o‘tkazilishi rejalashtirildi.

Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti